Ishga kiritib qo‘yish evaziga pora olayotgan texnikum talabasi ushlandi

Ishga kiritib qo‘yish evaziga pora olayotgan texnikum talabasi ushlandi

Qoraqalpog‘istonda tug‘ilgan yigit pora olaytogan vaqtida ushlandi. U Nukus shahridagi 2-sonli «Abu Ali Ibn Sino» nomidagi tibbiyot texnikumi talabasi bo‘lgani aytilmoqda. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

 

Ma’lum bo‘lishicha, 2006-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida tug‘ilgan yigit 2007-yilda tug‘ilgan fuqaroning ishonchiga kirib, Nukus temiryo‘l vakzalidagi tanishlari orqali uni mahinist yordamchisi lavozimiga ishga joylashtirib berishni va’da qilgan.

 

Shu maqsadda u fuqarodan 2000 Aqsh dollari miqdoridagi pul talab qilib, oldindan 1000 Aqsh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan aniqlanib, holislar ishtirokida ushlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Bundan bir necha kun avval Xorazmda bogʻcha direktori tadbirkordan 15 mln so‘m miqdorida pora olayotganda qoʻlga olingan edi.