Oʻzbekistonda oliy ma’lumotlilar moliyaviy xizmatlardan koʻproq foydalanadi — tadqiqot

Oʻzbekistonda oliy ma’lumotlilar moliyaviy xizmatlardan koʻproq foydalanadi — tadqiqot

Oʻzbekistonda taʼlim darajasi oshgani sari aholining moliyaviy xizmatlardan foydalanish darajasi ham ortib bormoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu haqda Osiyo taraqqiyot banki (OTB) tomonidan mamlakatda moliyaviy ommaboplik boʻyicha oʻtkazilgan tadqiqotda maʼlum qilingan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Moliyaviy ommaboplik taʼlimga bevosita bogʻliq

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Tahlillarga koʻra, oliy maʼlumotga ega katta yoshlilar moliyaviy xizmatlardan faolroq foydalanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Xususan, ular orasida bankdan qarz olganlar ulushi 19 foizni tashkil etgan boʻlsa, maktab taʼlimini ham olmagan qatlamda bu koʻrsatkich atigi 5 foizga teng.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, bank hisob raqamiga egalik darajasi ham taʼlimga qarab keskin farqlanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ 8–9 yil taʼlim olganlar orasida bu koʻrsatkich 50 foizni tashkil etsa, oliy maʼlumotlilar orasida 70 foizga yetadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu esa taʼlim darajasi oshgani sari moliyaviy tizimga integratsiya kuchayishini ko‘rsatadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Bandlik va moliyaviy faollik oʻrtasida bogʻliqlik mavjud

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Tadqiqot natijalari bandlik holati ham moliyaviy ommaboplikka sezilarli taʼsir koʻrsatishini ma’lum qiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Ish bilan band aholining 77 foizi bank hisobiga ega boʻlsa, nafaqaxoʻrlar orasida bu koʻrsatkich 72 foizni tashkil etadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Oʻzini oʻzi band qilganlarda 49 foiz, ishsizlarda esa 42 foiz darajasida qolmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Mutaxassislar taʼkidlashicha, ushbu tafovutlar jinsiy yoki hududiy farqlarga nisbatan ancha yaqqolroq namoyon boʻladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Raqamli moliyaviy xizmatlarda ham tafovut saqlanmoqda

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Hisobotda qayd etilishicha, raqamli moliyaviy xizmatlardan foydalanish darajasi ham asosan taʼlim, yosh va bandlik omillariga bogʻliq.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Mamlakat boʻyicha internetdan foydalanish darajasi oʻrtacha 76 foizni tashkil etadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Biroq oliy maʼlumotlilar orasida bu koʻrsatkich 87 foizga yetgan boʻlsa, oʻrta taʼlim darajasiga ega aholida 66 foiz atrofida shakllangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Yoshlar orasida esa raqamli imkoniyatlar ancha keng: 18–30 yoshdagilarning 90 foizi, oʻquvchilarning 94 foizi internetdan foydalanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ 60 yoshdan oshganlarda esa bu koʻrsatkich 45 foiz bilan cheklanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Bandlik ham muhim omil sifatida qayd etilgan: ish bilan band aholining 95 foizi internetdan foydalanish imkoniga ega ekanini bildirgan, nafaqaxoʻrlar orasida esa bu koʻrsatkich 48 foizni tashkil etadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Hududiy tafovutlar ham sezilarli

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Tadqiqot natijalari hududlar oʻrtasida ham farq mavjudligini ko‘rsatadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Xususan, Toshkent shahrida internetdan foydalanish darajasi 94 foizga yetgan boʻlsa, ayrim janubiy viloyatlarda bu koʻrsatkich 62 foiz atrofida qayd etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu tafovutlar raqamli toʻlovlar va mobil moliyaviy xizmatlardan foydalanishda ham aks etmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Moliyaviy savodxonlik — asosiy omillardan biri

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Hisobotda taʼkidlanishicha, moliyaviy xizmatlardan foydalanish faqat infratuzilma emas, balki aholining moliyaviy savodxonligiga ham bevosita bogʻliq.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Ko‘plab fuqarolar kredit shartlari, foiz stavkalari va moliyaviy mahsulotlarning mohiyatini to‘liq tushunmaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Natijada, ayrim hollarda rasmiy moliyaviy xizmatlardan foydalanishdan ko‘ra, norasmiy usullar afzal ko‘riladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

OTB ekspertlari fikricha, Oʻzbekistonda moliyaviy ommaboplikni yanada oshirish uchun:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

  • taʼlim darajasini yuksaltirish,
  • moliyaviy savodxonlikni kuchaytirish,
  • bandlikni rasmiylashtirish,
  • raqamli infratuzilmani rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠