2026-yil 1-fevral sanasidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tizimidagi oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlardan arizalar qabuli boshlanadi.
Amaldagi tartibga ko‘ra, nomzodlarning arizalari tuman (shahar) Mudofaa ishlari bo‘limlari orqali qabul qilinadi. Nomzodlar hujjat topshirishda belgilangan talab va muddatlarga amal qilishi lozim.
Shuningdek, nomzodlarga qulaylik yaratish maqsadida Mudofaa vazirligi tomonidan maxsus elektron platforma orqali arizalarni onlayn qabul qilish ham rejalashtirilgan. Mazkur platforma ishga tushirilishi haqida qo‘shimcha ma’lumotlar keyinchalik e’lon qilinadi.
Ma’lumot uchun, oliy harbiy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va tanlov natijalari belgilangan tartibda ma’lum qilinadi.
