Chexiya Respublikasi Prague Mathematics Tuition Fee Scholarships (PMTFS) grantini eʼlon qiladi. Grant Charlz Universitetining “Matematika va fizika” fakulteti magistratura bosqichida oʻqish uchun moʻljallangan. Dasturda 8 yoʻnalishdan birida oʻqish imkoni mavjud va har bir yoʻnalish uchun 2 tagacha nomzod qabul qilinadi. Magistratura bosqichida oʻqish 2 yil davom etadi.
Dastur uchun ishtirokchilarning akademik koʻrsatkichi va istiqomat qiladigan davlatiga qarab 4,200 yevrodan 21,600 yevrogacha mablagʻ ajratiladi. Yaʼni grantni qoʻlga kiritgan ishtirokchilar kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qilinadi. Universitetning magistratura bosqichiga alohida, grant uchun alohida ariza topshiriladi. Grant uchun ham universitet uchun ham ariza qabul qilish jarayoni 2026-yil 30-aprelgacha davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.
Maqbullik shartlari
Dasturda ishtirok etish uchun quyidagi talablar mavjud:
- Grantga barcha davlat, jumladan, Oʻzbekiston fuqarolari ham ariza topshirishlari mumkin;
- Dasturga magistratura bosqichini Charlz Universiteti “Matematika va fizika” fakultetining quyidagi yoʻnalishlardan birida oʻqishni xohlovchilar ariza topshirishlari mumkin:
– Computational Mathematics;
– Financial and Insurance Mathematics;
– Mathematical Analysis;
– Mathematical Structures;
– Mathematics for Information Technologies;
– Probability;
– Mathematical Statistics and Econometrics;
– Mathematical Modelling in Physics and Technology;
- Darslar ingliz tilida oʻqitiladi, shuning uchun ham nomzodlardan ingliz tilini bilish talab qilinadi.
- Dastur saralash bosqichida nomzodlarni tanlab olish universitet matematika va fizika fakulteti dekani tomonidan amalga oshiriladi. Nomzodlarni saralashda ularning akademik koʻrsatkichlariga alohida eʼtibor qilinadi. Shuning uchun ham ishtirokchilarning akademik koʻrsatkichlari yaxshi boʻlishi kerak;
- Nomzodlar ayni damda boshqa grant yoki dastur ishtirokchisi boʻlmasligi lozim;
- Ishtirokchilardan belgilangan muddatgacha universitetga ham, grantga ham ariza topshirish soʻraladi. Agar nomzod universitetga qabul qilinmasa grant sohibiga ham aylana olmaydi.
Dastur talablari haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.
Foydali tomonlari
Dasturning quyidagi foydali jihatlari mavjud:
- 2 yilgacha magistratura bosqichida o’qish uchun kontrakt puli qoplab beriladi;
- Talabalar dunyoning eng nufuzli universitetlari roʻyxatida 246-oʻrinni egallab turgan Charlz universitetida oʻqish imkonini qoʻlga kiritishadi.
