GOI-IES: Irlandiyada magistratura va doktoranturada oʻqish uchun toʻliq grant dasturi

GOI-IES: Irlandiyada magistratura va doktoranturada oʻqish uchun toʻliq grant dasturi

Irlandiya oliy taʼlimini internatsionallashtirish, talabalar va xodimlar uchun sifatli taʼlim, ilmiy ishlar va tadqiqot boʻlimida xalqaro hamkorlikni shakllantirish maqsadida Government of Ireland — International Education Scholarship (GOI-IES) dasturi tashkil etilgan.

 

2026-yilgi GOI-IES dasturining maqsadi xalqaro hamkorlikda Irlandiyaning maqsadli ishtirokini aks ettirishdir. Dastur oliy taʼlim sohasida qoʻllaniladi va hukumat va oliy taʼlim muassasalari (OTM) hamkorligida moliyalashtiriladi. Dastur 60 nafar talaba uchun grant ajratgan boʻlib, talabalar ushbu universitetlarning istalgan yoʻnalishi boʻyicha taʼlim olish imkoniyatiga ega.

 

Dasturda Yevropa Ittifoqi va Yevropa Iqtisodiy hududi tarkibiga kiruvchi davlatlardan boshqa barcha davlatning ijtimoiy va akademik jihatdan faol va oʻzaro muloqot qilishda yetakchi boʻlgan talabalari ishtirok etishi mumkin.

 

Dastur haqida batafsil ma’lumotni bu yerdan olish mumkin.

 

Maqbullik shartlari

 

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • Irlandiyaning berilgan (Appendix1) universitetlaridan biriga magistratura yoki doktorantura bosqichida oʻqish uchun qabul qilingan boʻlishi kerak;
  • Ijtimoiy va akademik jihatdan faol va yetakchi boʻlishi lozim;
  • Dasturda ishtirok etish uchun kuchli qiziqish va maqsadga ega boʻlishi va buni ariza topshirish jarayonida namoyon eta olishi kerak;
  • Ingliz tilini yaxshi bilish talab etiladi.

 

Dasturda ishtirok etish talablari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

 

Foydali tomonlari

 

  • Ishtirokchilar 1 yillik oʻqish kontrakt toʻlovidan ozod qilinadi.
  • Yashash xarajatlari uchun €10,000 moliyaviy yordam beriladi.

 

Dasturning ushbu mavsumida 60 nafar iqtidorli talabalar ishtirok etishi mumkin. Dasturning manfaatli jihatlari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

 

Hujjat topshirish

 

Dastur talablariga javob beruvchi nomzodlar avval Irlandiya hukumatining oliygohlaridan biriga hujjat topshirishi va qabul qilingan boʻlishi kerak. Keyin esa ushbu link orqali onlayn ariza topshirishlari mumkin boʻladi.

 

Qoʻshimcha maʻlumotlar

 

Saralash bosqichi. Bunda ishtirokchilar ariza topshirish jarayonida topshirgan hujjatlariga asosan quyidagi tartibda baholanadilar:

 

  • Akademik yutuqlar, olingan baholar va ish tajribasi uchun — 40 ball;
  • Shaxsiy profildagi bayonoti uchun. Bunda motivatsion xatida quyidagilar aks etishi kerak:
    • Dasturga qiziqishi va undan oladigan foydasi aniqligi — 15 ball;
    • Dasturda ishtiroki davomida oʻz loyihalarini maksimal darajada rivojlantira olish qobiliyati uchun 15 ball;
    • Dasturdan keyingi maqsadi, rejalari va ularning Irland jamiyatiga bogʻliqligi uchun — 15 ball;
  • 2 ta tavsiyanoma uchun — 15 ball.

 

Dasturga qabulning yakuniy natijalari 2025-yil iyun boshlarida eʼlon qilinadi.

 

Ariza topshirish boʻyicha savollar uchun: goi-ies@hea.ie