Toshkent shahar Sergeli tumanidagi 317-sonli maktabning 8-sinf o‘quvchisi Ravshanova Dilnoza xalqaro ta’lim mezonlari bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi.
Xususan, u xalqaro miqyosda tan olingan ingliz tili bilim darajasini baholovchi IELTS imtihonidan C1 darajani qo‘lga kiritdi.
Imtihon qismlariga mos ravishda natijalar quyidagicha:
— Listening 8.5;
— Reading 8.0;
— Writing 7.0;
— Speaking 7.0.
Avvalroq, Andijonlik 11 yoshli oʻquvchi Tursunov Muhammadiy xalqaro IELTS imtihonidan 7.5 ball toʻplab, C1 darajani qoʻlga kiritganligi haqida xabar bergan edik.
