Akademik litseylarda ijrochi direktor lavozimi tugatiladi

Akademik litseylarda ijrochi direktor lavozimi tugatiladi

Oliy, Maktabgacha va maktab hamda Moliya vazirliklarining qo‘shma qarori bilan 2019-yil 11-yanvarda (ro‘yxat raqami 3119) tasdiqlangan akademik litsey va texnikumlar boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga o‘zgartirish kiritildi.

 

Unga ko‘ra Namunaviy shtatlarda:

 

  • I bobning 1-pozitsiyasi tahrirlandi. Ya’ni, bungacha OTMning oʻquv ishlari uchun masʼul prorektori (filial direktori oʻrinbosari) bir vaqtning oʻzida akademik litsey direktori hisoblanar edi. Endi bu bekor qilinib, barcha akademik litseylarda jami o‘quvchilar sonidan qat’i nazar 1 shtat birligida “Direktor” lavozimi qoldirildi.

 

  • I-bobning 1(1)-pozitsiyasi chiqarib tashlandi, ya’ni akademik litseylarda Ijrochi direktor lavozimi bekor qilinmoqda. Endi faqat “Direktor” lavozimi bo‘ladi.

 

  • I bobning 19-, II bobning 23-pozitsiyalari tahrirlanib, akademik litsey va texnikumlarda “Ichki nazorat inspektori” lavozimi o‘rniga jami o‘quvchilar sonidan qat’i nazar 1 shtat birligida “Ta’lim sifati nazorati bosh mutaxassisi” lavozimi kiritildi.

 

Qo‘shma qaror – Faylni yuklash