Agentlik tizimidagi Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Samandar Numonov AQShning TOP-30 Liberal Arts Colleges qatoriga kiruvchi Lafayette College universitetiga to‘liq grant asosida o‘qishga qabul qilindi.
Shuningdek, u xalqaro miqyosda tan olingan ingliz tili bilim darajasini baholovchi IELTS — 7 ballik natijani qo‘lga kiritgan.
Avvalroq, Farg‘ona shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Sobirova Dilafruz Salohiddin qizi AQShning nufuzli Garvard universitetiga Integrative Biology (integratsiyalashgan biologiya) yo‘nalishi bo‘yicha 100 foizlik grant asosida o‘qishga qabul qilinganligi haqida xabar bergan edik. U yutgan grantning umumiy miqdori 392 000 AQSh dollarini tashkil etadi.
Shuningdek, Talimxabarlari.uz sayti jurnalisti IELTS dan 9.0 ball olgan o’zbek qizi Nozima Qadamova bilan suhbat o‘tkazgan edi.
