Universitet mansabdor xodimi pora bilan qo‘lga olindi

Universitet mansabdor xodimi pora bilan qo‘lga olindi

Universitetning mansabdor xodimi pora bilan ushlandi. Ushbu holat korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmatining Navoiy viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida aniqlangan.

 

Unga koʻra,  Navoiy davlat universitetining mansabdor xodimi ushbu taʼlim dargohining oʻquv xonalarini taʼmirlab bergan masʼuliyati cheklangan jamiyatga xizmat haqi sifatida toʻlanishi lozim boʻlgan 189 mln soʻm pul mablagʻini MCHJ hisob raqamiga oʻtkazib berish evaziga taʼmagirlik yoʻli bilan 35 mln soʻm olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Mazkur mansabdor shaxs muqaddam sudlangan boʻlib, oʻz xatosidan toʻgʻri xulosa chiqarmagan.