Xabaringiz bor, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida an’anaviy qog‘g‘oz ko‘rinishidagi sinf jurnallari va qog‘oz kundaliklarni yuritish bekor qilingan.
O‘quvchilarning davomatini va bilimini baholash jarayonini raqamlashtirishda emaktab.uz milliy raqamli ta’lim platformasidan foydalaniladi.
2022-yil 24-iyun kungi 205-sonli buyruqqa ko‘ra, emaktab.uzda (Kundalik.com) sinf rahbarlarining bir qancha vazifalari belgilab qo‘yilgan.
Unga ko‘ra, sinf rahbarlarining vazifalari quyidagilardan iborat:
— ota-ona (o’quvchining qonuniy vakili) uchun Platformada рrоfil yaratib, vaqtinchalik Login vа Parolni tarqatish;
— ota-onalar va o’qituvchilar uchun unutilgan Login vа Parolni tiklash tartibi hamda o’quvchi vа ota-ona (o’quvchining qonuniy vakili)ning shaxsiy ma’lumotlarini uzatish uchun javobgar bо’lish;
— ota-ona (o’quvchining qonuniy vakili)ning Platformadagi faolligini doimiy ravishda kuzatib borish, zarurat tug’ilganda ularga aloqaga chiqib profilaktik suhbat olib borish. Profilaktik suhbat o’z ijobiy natijasini bermagan taqdirda maktab direktoriga mа’lumot kiritish;
— sababli (kasalligi, oilaviy sharoitidan kelib chiqqan holda) dars qoldirgan o’quvchilarni sinf jurnalida maxsus belgilar (s, dq, k, kq, m, ch, q, ns, tq) bilan belgilab chiqish;
— o’quvchi sababsiz 3 soat dars qoldirsa kerakli hujjatlar to’plamini yig’ib, muassasa rahbariga taqdim etish;
— umumiy o’rta ta’lim muassasalari faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot tizim bilan ishlash va arxivlashtirish tartibi haqidagi nizomga muvofiq belgilangan
vazifalar bajarilishini ta’minlaydi.
