2025-yil 11-dekabr (payshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan imtihon uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi. Test sinovida ishtirok etuvchi talabgorlar ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytining shaxsiy kabineti orqali yuklab olishlari mumkin.
Ruxsatnomada talabgorlarga test sinovi o‘tkaziladigan sana, manzil va vaqt ko‘rsatilgan bo‘lib, ulardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.
11-dekabr kuni test sinovlari Namangan, Farg’ona, Xorazm, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlarida 1 smenada hamda Toshkent shahrida 2 smenada o‘tkaziladi. Talabgorlar binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.
1-smena uchun kirish vaqti soat 7:30 dan 8:30 gacha. Soat 8:30 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi.
2-smena uchun kirish vaqti soat 12:30 dan 13:30 gacha. Soat 13:30 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi.
Test topshiruvchilardan imtihon o’tkaziladigan binoga ortiqcha buyumlar (elektron qurilmalar, sumka, kitob, daftar, yozuv qurollari, ichimlik, ovqat, shaxsiy buyumlar va boshqalar) olib kelmaslik so‘raladi.
