Kuzgi attestatsiyada 70 foizlik ustamani tasdiqlovchi maʼlumotnomalarni yuklab olish tizimi ishga tushirildi

Kuzgi attestatsiyada 70 foizlik ustamani tasdiqlovchi maʼlumotnomalarni yuklab olish tizimi ishga tushirildi

2025-yil avgust-dekabr oylarida boʻlib oʻtgan attestatsiyada 86 va undan yuqori ball olib 70% lik qoʻshimcha ustamani qoʻlga kiritgan pedagoglar (oliy va birinchi malaka toifasiga erishgan yoki saqlagan) pedagog.uzedu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetiga kirib “USTAMALAR” boʻlimidan 70 foizlik ustama maʼlumotnomasini yuklab olishlari mumkin.

 

Maʼlumotnomani yuklab olish uchun USTAMALAR boʻlimining pastgi qismida joylashgan “YUKLAB OLISH” tugmasini bosing.

 

Maʼlumot uchun: 70% lik ustama maʼlumotnomasining amal qilish muddati 2 yil.

 

P.S. Maʼlumotnomalar shaxsiy kabinetlarda doimiy ravishda saqlanib turadi, istalgan vaqtda istalgan miqdorda yuklab olinishi mumkin!

 

Avvalroq, kuzgi attestatsiyada ishtirok etib, sertifikatlarni qo’lgan kiritgan talabgorlar uchun Sertifikatlarni generatsiya qilish boshlangani haqida xabar bergan edik. 

 

Kuzgi attestatsiyada 70 foizlik ustamani tasdiqlovchi maʼlumotnomalarni yuklab olish tizimi ishga tushirildi