Dubai Business Associates (DBA) — bu iqtidorli va maqsadli universitet bitiruvchilari uchun mo‘ljallangan, Dubayda biznes sohasida xalqaro tajriba orttirish va o‘z faoliyatini rivojlantirish imkonini beruvchi nufuzli o‘quv dasturi. Dastur turli mamlakatlardan kelgan yoshlarni global biznes muhitida yetakchi mutaxassis sifatida tayyorlashni maqsad qiladi.
Dastur davomiyligi va mazmuni
DBA dasturi 9 oy davom etib:
-
akademik o‘quv modullari,
-
Dubaydagi turli tashkilotlarda 2 ta amaliyot bosqichidan iborat.
Akademik darslar ishtirokchilarga biznesda muvaffaqiyat qozonish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni beradi. Amaliyot esa Dubay kabi yirik xalqaro biznes markazida qanday ish muhiti mavjudligi haqida keng tasavvur hosil qiladi. Modullar va vaqt jadvali haqida batafsil ma’lumotni rasmiy saytning ‘‘Timeline’’ bo‘limidan topish mumkin.
Dastur davomida ishtirokchilar:
-
sanoat yetakchilari va kompaniya direktorlaridan mahorat darslari olishadi;
-
professional ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha treninglarda qatnashishadi;
-
madaniy tadbirlar va ekskursiyalarda ishtirok etishadi;
-
shuningdek, har bir ishtirokchiga kasbiy murabbiy (career coach) va hayot murabbiyi (life coach) biriktiriladi.
Dasturga qabul qilinadigan ishtirokchilar soni har yili o‘zgaradi, ammo 40 nafardan oshmaydi. Rasmiy sayt orqali dastur haqida batafsil ma’lumot olish mumkin.
Qabul talablari
Dasturga topshirish uchun nomzodlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
-
istalgan millat vakili qatnashishi mumkin;
-
kamida bakalavr darajasi bo‘lishi kerak;
-
0–3 yil ish tajribasi tavsiya etiladi (shart emas);
-
ta’lim yo‘nalishi cheklanmagan — biznes bo‘yicha o‘qigan bo‘lish majburiy emas;
-
ingliz tilini yozma va og‘zaki yaxshi bilish zarur (qo‘shimcha tillarni bilish afzal);
-
Dubay va xalqaro biznes sohasiga kuchli qiziqish ko‘rsatish;
-
qiziquvchanlik, izlanuvchanlik va o‘sishga intilish.
Talablar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar FAQs bo‘limida mavjud.
Dastur afzalliklari
DBA — to‘liq moliyalashtiriladigan dastur. Unda quyidagilar qoplab beriladi:
-
Dubayga borish va qaytish aviachipta xarajatlari;
-
yuqori darajadagi mehmonxonadan turar joy;
-
tibbiy sug‘urta va yashash vizasi;
-
kundalik xarajatlar hamda ichki sayohatlar uchun yetarli oylik stipendiya.
Imtiyozlar haqida batafsil ma’lumot — FAQs bo‘limida.
Qabul muddatlari
Dasturga ikki bosqichda hujjat topshirish mumkin:
-
Vaqtli qabul: 2025-yil 1-noyabrdan 15-yanvargacha
-
Oddiy qabul: 2026-yil 1-fevraldan 1-martgacha
Hujjat topshirish jarayoni
Rasmiy sayt orqali onlayn ariza to‘ldiriladi. Ariza quyidagi bo‘limlardan iborat:
-
shaxsiy ma’lumotlar;
-
ta’lim bo‘yicha ma’lumotlar;
-
qo‘shimcha ma’lumotlar.
Kerakli hujjatlar:
-
qiziqish xati (cover letter),
-
CV,
-
video biografiya.
Saralangan nomzodlar birinchi onlayn suhbatga taklif etiladi. Undan muvaffaqiyatli o‘tganlar yakuniy suhbatga chaqiriladi (onlayn yoki oflayn).
Hozirda erta qabul uchun hujjatlar qabul qilinmoqda — 2026-yil 15-yanvargacha.
