Yevropada magistratura bosqichini oʻqish imkonini beruvchi qoʻshma dastur — Erasmus Mundus joint Master in Imaging taqdim etiladi. Dastur yiliga taxminan 15 ta nafar nomzodni tanlab olib moliyaviy yordam koʻrsatadi.
Dastur talabalarga tegishli sohalarda mustahkam nazariy bilim berish, shuningdek, tasvir, video va koʻp oʻzgaruvchan vizual signallarni chuqur tushunish imkoniyatini yaratishga hamda vizual AI texnologiyasining imkoniyatlari va cheklovlarini tushuntirishga qaratilgan.
Erasmus Mundus dasturi ushbu sohada mutaxassislarni tayyorlash uchun yetakchi Yevropa universitetlarini birlashtirgan dasturlardan biridir.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.
Maqbullik shartlari
- Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, kompyuter yoki elektrotexnika boʻyicha yoki tegishli sohada bakalavr darajasi ega boʻlish lozim;
- Nomzod oʻzi tanlagan yoʻnalishining muvofiqlik talablariga mos kelishi kerak;
- Yuqori akademik koʻrsatgichlarga ega boʻlish soʻraladi:
- Matematika/amaliy matematika boʻyicha kamida 30 ECTS krediti (ehtimollik nazariyasi va statistikasi hamda chiziqli algebra kurslarini oʻz ichiga olgan holda);
- Kompyuter muhandisligi boʻyicha 60 ECTS krediti yoki unga tenglashtirilgan daraja (shu jumladan obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash kursi va quyidagi ikkita kursdan biri: maʼlumotlar bazalari yoki signal va tasvirlarni qayta ishlash).
- Bakalavriatning soʻnggi yilida oʻqiyotgan talabalar ham ariza berishlari mumkin. Agar talablarga javob bersa, shartli ravishda qabul qilinadi.
Ingliz tilini bilishga qoʻyilgan talablar:
- IELTS — 6.0 (akademik);
- TOEFL: CBT -210/IBT – 78/PBT- 547;
- TOEFL ITP® Plus for China — 543;
- TOEFL iBT® Special Home Edition English certificate;
- CPE/CAE — C.
Muhim: Agar nomzod Yevropa Ittifoqi/Yevropa Iqtisodiy Hamdoʻstligi mamlakatlari, Shveysariya, AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Avstraliya yoki Yangi Zelandiyada ingliz tili oʻqitish tili boʻlgan yuqori oʻrta taʼlim yoki universitet darajasini tamomlagan boʻlsa, til bilish koʻnikmalarini maxsus testlarsiz ham isbotlay oladi.
Saralash mezonlari:
- Yuqori akademik natijalar va CV;
- Motivatsion xat;
- Tavsiyanoma.
Eslatma: Har bir mezon uchun alohida baho beriladi. Yakuniy baho 100 ballik shkalada belgilanadi va shunga asoslanib ishtirokchilar saralanadi.
Maʼlumot uchun: ECTS (European Credit Transfer and Accumulation System) — bu Yevropa kredit tizimi hisoblanadi. U Yevropa universitetlarida kurs yoki fan boʻyicha oʻqish hajmi yoki ish yuklamasini oʻlchash uchun ishlatiladi.
Maqbullik shartlari va ariza topshirish haqida batafsil bu yerda.
Foydali tomonlari
- Ishtirokchilar oʻqish toʻlovlaridan ozod qilinadi;
- Tibbiy sugʻurta, turar joy, ovqatlanish, viza va sayohat xarajatlari qoplanadi;
- Oyiga 1400 yevro miqdorida stipendiya beriladi (maksimal 24 oy davomida).
Dasturning foydali tomonlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.
2026/2027 oʻquv yili uchun dasturga jami ikki marta ariza topshirish mumkin:
- Birinchi ariza berish davri 2025-yil 17-noyabrdan (12:00) 2026-yil 9-yanvargacha (18:00) davom etadi.
- Ikkinchi ariza berish davri keyinroq eʼlon qilinadi.
Natijalarni eʼlon qilish:
- Birinchi ariza berish bosqichi uchun: 2026-yil aprel oyining boshida nomzodlarga tanlov natijalari haqida elektron pochta orqali xabar beriladi.
- Tanlangan nomzodlar tanlov natijalari eʼlon qilinganidan keyin ikki hafta ichida taklifni qabul qilishlari kerak.
- Aprel/may oylarida zaxira roʻyxatidagi ishtirokchilarga dasturga qabul qilinishi mumkinligi haqida xabar beriladi.
- Dasturga taklif qilingan zaxira roʻyxatidagi nomzodlar taklifni olganlaridan keyin ikki hafta ichida ushbu taklifni tasdiqlashlari kerak.
