Test kitobchasi tarqatilgach, abituriyent unda kamchilik yo‘qligini tekshirib chiqishi kerak.
Bunda:
– mutaxassislik fanlaridan 30 tadan 60, majburiy fanlar blokida jami 30 ta savol borligini;
– har bir testda 4 tadan variant borligini;
– test kitobchasining sifatli ekanini tekshirishi kerak.
Qonunchilikka ko‘ra, abituriyent test kitobchasida xatolik topsa, nazoratchiga bu haqda xabar berish va shikoyat yozish huquqiga ega.
Texnik yoki mantiqiy xatoliklar bo‘lgan test topshirig‘i uchun abituriyent foydasiga ball beriladi. Lekin nazoratchiga xabar berilmasa, bunday bo’lmaydi.
Bundan tashqari, abituriyent test topshiriqlari kitobidan qoralama sifatida foydalanish, test topshiriqlarini belgilangan muddatdan oldin bajarish, undan so‘ng test materiallarini tartib bilan guruh nazoratchisiga topshirish hamda test sinovlari o‘tkaziladigan hududdan chiqib ketish huquqiga ham ega.
Shuningdek, abituriyentning test sinovlarini topshirish vaqtida guruhdan chiqishi taqiqlanadi, chiqqan abituriyentlar qaytadan test sinovlariga qo‘yilmaydi. Ammo test materiallarisiz, guruh nazoratchisi kuzatuvi ostida guruhdan chiqib kelishi mumkin.