Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tashkil etildi

Prezident qarori bilan, Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tashkil etildi. Ushbu ta’lim muassasasi Termiz muhandislik-texnologiya instituti hamda Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutlari qo‘shib yuborilishi orqali ularning negizida tashkil etiladi. Bu haqdagi farmon 18-iyul kuni prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi.

 

 

Universitet Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida faoliyat yurituvchi davlat universiteti bo‘ladi. U hududning oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqib, muhandislik, qishloq xo‘jaligi, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida mutaxassislar tayyorlaydi.

 

 

Shuningdek, oliygohda Ilg‘or muhandislik maktabi faoliyat yuritadi, unda ta’lim olish uchun akademik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan talabalar tanlov asosida saralanadi va amaliyotga yo‘naltirilgan maxsus ta’lim dasturlari asosida o‘qitiladi.

 

 

Maktabda, shuningdek, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borish yo‘lga qo‘yiladi. Loyihalar sanoat hamkorlari va Innovatsion rivojlanish agentligi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

 

 

OTMning ta’lim dasturi xalqaro e’tirof etilgan oliy ta’lim muassasalari reytingda birinchi 300 talik ro‘yxatga kirgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotining dasturi asosida shakllantiriladi.

 

 

Faoliyati tugatilayotgan ikkita universitetda tahsil olayotgan barcha talabalar yangi universitetda o‘qishini davom ettiradi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры