Talaba o’qishini turmush o’rtog’ining yashash manzilidagi OTM ga ko’chirishi mumkin(mi)?

Talaba o’qishini turmush o’rtog’ining yashash manzilidagi OTM ga ko’chirishi mumkin(mi)?

Davlat oliy ta’lim muassasasining biridan boshqasiga o‘qishni ko‘chirish uchun, faqatgina quyidagi ikki sabab bilan ruxsat beriladi.

 

Birinchidan, davlat organida ishlaydigan talabalar yoki ularning ota onasining ish joyi boshqa viloyatga o‘zgargan holda murojaat qilganda.

 

Ikkinchidan, talaba turmushga chiqqan bo‘lsa, turmush o‘trog‘ining doimiy yashash manzilidagi OTM ga vazirlik ruxsati bilan o‘qishni ko‘chirishi mumkin.

 

Bu haqda, AOKAda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati vakili Nazokat Abduqunduzova aytib o‘tdi.

 

Avvalroq o‘qishni ko‘chirish, o‘tish ballari  haqida to‘liqroq ma’lumot bergandik.