Lozanna Universiteti tomonidan hayotiy fanlar – Life Science (to‘liq ro‘yxat bu yerda) bo‘yicha tahsil olayotgan bakalavr talabalari uchun Lozanna universiteti yoki ETH Zurichning ishtirokchi laboratoriyalaridan birida muhim tadqiqot loyihasini amalga oshirish imkoniyatini beruvchi The Biology Summer Undergraduate Research School (SUR) yozgi maktabini e’lon qiladi.
Dastur 8 hafta davom etadi. Bunda ishtirokchi talabalar nafaqat labaratoriya usullari va nazariy tamoyillari bilan tanishadilar, balki ilmiy fikrlash va ilmiy muloqot qilish ko‘nikmalariga ham ega bo‘lishadi.
Dasturga har yili 15 nafar talabalar qabul qilinib, dastur davomida turli xil mashg‘ulotlar bo‘lishi bilan bir qatorda tadqiqot va ilmiy muassasalariga tashriflar, tadbirlar bo‘lib o‘tadi.
Maqbullik shartlari
Dastur uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- Dasturda barcha davlat fuqarolari ishtirok eta oladi;
- Biologiya, tibbiyot va shunga aloqador hayotiy fanlar (Life Science) bo‘yicha bakalavriatning 2-kursini tugatgan va 3-kursda o’qiyotgan talabalar qatnashishi mumkin;
- Ingliz tilini yaxshi bilish kerak.
Dastur bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.
Eslatma: jismoniy terapiya, bolalar bog’chasi, stomatologiya yoki veterinariya fanlari bo’yicha o’qiydiganlarning arizasi qabul qilinmaydi.
Foydali tomonlari
Dasturga qabul qilingan ishtirokchilar quyidagi imtiyozlarga ega bo‘lishadi:
- Borib-kelish xarajatlari uchun CHF 1200 ($1,480) beriladi;
- Turar-joy xarajatlari qoplanadi;
- Mahalliy xarajatlarning bir qismini qoplaydigan miqdorda mablag‘ -CHF 1500 ($1,860) ajratiladi;
- Dastur davomida Shveysariyaning olis hududlariga 3 kunlik safar, tadqiqot va ilmiy muassasalariga tashriflar, boshlang‘ich va yakuniy tadbirlar bo‘lib o‘tadi.
Eslatma: viza va tibbiy sug’urta xarajatlari qoрlab berilmaydi.
