Endi CHQBT rahbarlariga ham 20 foizgacha ustama toʻlanadi

Endi CHQBT rahbarlariga ham 20 foizgacha ustama toʻlanadi

Hukumatning 2025-yil 3-noyabrda ‘‘Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik rahbari va “Jasorat maktablari” faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida’’gi 688-son qarori qabul qilindi.

 

Qarorga koʻra, CHQBT rahbarlariga ularning faoliyati samaradorligini baholash koʻrsatkichlari (KPI) asosida erishilgan natijadorligidan kelib chiqib, bazaviy tarif stavkasining 20 foizigacha miqdorda qoʻshimcha har oylik ustama toʻlanadi. 

 

Ushbu ustama Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari hamda tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlari xarajatlar smetalarida shakllantiriladigan xodimlarni moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi doirasida toʻlanadi.