Andijon viloyati, Qo‘rg‘ontepa ixtisoslashgan maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi Erkinjon Siddiqov ham attestatsiyada ishtirok etib, 88 ball to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. U natijaga ko‘ra 70 foizlik ustamaga ega bo‘ldi.
O‘qituvchi Erkinjon Siddiqov o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashar ekan, shunday deydi:
Ingliz tili mutaxassisi sifatida shuni aytishim mumkinki, savollar darajasi o’ta murakkab emas, o’z ustida ishlagan har qanday ingliz tili mutaxassisi yuqori ballni qo’lga kiritishi mumkin. Mana men ham ishtirok etib, yuqori ballardan birini qo’lga kiritdim.
Qolgan barcha ustozlarga ham attestatsiya jarayonlarida muvaffaqiyat tilab qolaman.
Avvalroq, IELTS 8 sertifikati bor o‘qituvchi attestatsiya savollari bo‘yicha e’tiroz bildirganligi haqida xabar bergandik.
