“El-yurt umidi” jamg‘armasi 2024-yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovini e’lon qildi. Ushbu stipendiya tanlovi yoshlarning xorijiy davlatlar nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta’lim olishi uchun mo‘ljallangan.
2024 yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovi 500 nafar yoshlarni qamrab oladi. Shulardan:
– bakalavriat ta’lim dasturi uchun 100 o‘rin,
– magistratura ta’lim dasturi uchun 250 o‘rin,
-doktorantura ta’lim dasturi uchun 150 o‘rin ajratilgan.
Nomzodlar stipendiya tanlovi uchun hujjatlarni joriy yilning 25-iyundan 25-iyulga qadar onlayn rejimda va elektron tarzda topshiradi.
Nomzodlarning intellektual, tahlil qilish va ijodiy qobiliyatlari darajasini aniqlashga qaratilgan qo‘shimcha test sinovlari, nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalari darajasini aniqlashga qaratilgan davlat tilida bo‘lib o‘tadigan saralash bosqichlari 25-iyuldan 24-avgustga qadar davom etadi.
Tanlovga oid barcha ma’lumotlar “El-yurt umidi” jamg‘armasining www.eyuf.uz sayti orqali batafsil e’lon qilib boriladi.
Eslatma, onlayn qabul platformasi 2024-yil 25-iyundan boshlab hujjatlarni qabul qilishni boshlaydi.