Future Leaders Assembly Turkey 2026 dasturi – 2026-yil 25-28-fevral kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tadi. Ushbu dastur, butun dunyo bo‘ylab yosh yetakchilar, siyosatchilar, tadbirkorlar, faollar, o‘qituvchilar va talabalarni birlashtirib, kelajakni quruvchi va o‘zgartira oluvchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Konferensiya doirasida quyidagi asosiy mavzularga urg‘u beriladi:
– Youth Empowerment (yoshlarni qo‘llab-quvvatlash);
– Fostering Innovation (innovatsiyani rivojlantirish);
– Building Global Networks (global aloqalarni shakllantirish);
– Promoting Sustainable Development (barqaror rivojlanishni rag‘batlantirish).
Dastur haqida ushbu havola orqali to‘liq ma’lumot olish mumkin.
Ariza topshirish imkoniyatlari:
Dasturda uchta to‘lov kategoriyasi mavjud:
– fully funded application (Xarajatlari to‘liq qoplanadi – 20 o‘rin);
– self-funded application (Xarajatlari qoplanmaydi – 50 o‘rin);
– partial Funded Application (Xarajatlari qisman qoplanadi – 30 o‘rin).
Arizalar 2025-yil 15-dekabrgacha qabul qilinadi.
Dasturning foydali jihatlari haqida ushbu havola orqali ma’lumot olish mumkin.
Maqbullik shartlari:
– 15-50 yosh oralig‘ida bo‘lish;
– o‘z jamiyati va dunyoning barqaror rivojlanishi bo‘yicha o‘z fikr va g‘oyalarini ilgari suradigan nomzodlar ariza topshirishi mumkin;
– dastur ingliz tilida o‘tkaziladi, shuning uchun nomzodlar ingliz tilini yaxshi bilishi lozim.
Foydali tomonlar:
Fully Funded (Xarajatlari to‘liq qoplanadi) kategoriyasiga qabul qilingan ishtirokchilar:
– aviachipta, turar-joy va ovqatlanish xarajatlari qoplanadi;
– madaniy sayohatlar va konferensiya materiallari taqdim etiladi;
– nutq so‘zlash imkoniyati.
Partial Funded (Qisman moliyalashtirilgan) kategoriyasida ishtirok etganlar:
– tashkilot tomonidan turar-joy va ovqatlanish ta’minlanadi.
– madaniy sayohatlar va konferensiya materiallari.
Self-Funded (O‘z hisobidan moliyalashtirish) kategoriyasiga qabul qilingan ishtirokchilar:
– madaniy sayohatlar va konferensiya materiallari.
– ovqatlanish va turar-joy xizmatlari.
Forum Access Pass:
Madaniy sayohatlar, konferensiya materiallari va ovqatlanish taqdim etiladi.
Ariza topshirish jarayoni:
Arizalar onlayn tarzda topshirilishi kerak, ariza badali $11,99. Har bir kategoriya uchun alohida havolalar mavjud:
– Fully Funded Application kategoriyasiga ushbu havola orqali ariza topshirish mumkin. (Ariza badali $11,99);
– Self-Funded Application kategoriyasiga ushbu havola orqali ariza topshirish mumkin. (Ariza badali $11,99);
– Partial Funded Application kategoriyasiga ushbu havola orqali ariza topshirish mumkin. ($449 to’lov qilish kerak);
– Forum Access Pass kategoriyasiga ushbu havola orqali topshirish mumkin. ($149 to’lov qilish kerak).
