Samarqandda mast erkak o‘qituvchini kaltakladi. Holat bo‘yicha viloyat MMTB munosabat bildirdi (video)

Samarqandda mast erkak o‘qituvchini kaltakladi. Holat bo‘yicha viloyat MMTB munosabat bildirdi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatida spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgan fuqaro maktab o‘qituvchisini kaltaklagani haqida xabarlar tarqalgan edi. Bu bo‘yicha viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.

 

 

Ta’kidlanishicha, joriy yilning 27-oktyabr kuni Samarqand viloyatining Urgut tumanida joylashgan 112-umumta’lim maktabida faoliyat yurituvchi o‘qituvchiga mast holatda bo‘lgan fuqaro hujum qilgan va  maktab rahbariyati holat yuzasidan tuman Ichki ishlar bo‘limiga xabar bergan.

 

 

Shundan so‘ng, o‘qituvchi tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgan va tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

 

“Tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i o‘qituvchining ahvolidan xabar olish maqsadida tibbiyot birlashmasiga borgan. Ayni paytda o‘qituvchining umumiy ahvoli yaxshi”, deyiladi xabarda.

 

Holat bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tegishli surishtiruv ishlari boshlangan.