Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylarga qabul boshlandi - Ta’lim xabarlari
Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylarga qabul boshlandi

Bugun, 20-iyundan Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi M.S.Vosiqova nomidagi hamda Namangan va Samarqand viloyat akademik litseylariga 2024/2025-oʻquv yili uchun umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari tomonidan litsey.uzbmb.uz portali orqali hujjatlarni onlayn topshirish jarayoni boshlandi.

 

Taqdim etiladigan hujjatlar:

 

ariza;

 

shaxsni tasdiqlovchi hujjat (tugʻilganlik haqidagi guvohnoma, pasport yoki ID karta nusxasi);

3.5×4.5 oʻlchamdagi rangli rasm (oq fonda).

 

Hujjatlarni onlayn qabul qilish 10-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

 

Akademik litseyda oʻqishni istagan abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish, ularni qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish maqsadida “Call-center” tashkil etilgan, quyidagi telefon raqamlar orqali oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari mumkin:

 

Murojaat uchun:

 

▪️M.S.Vosiqova nomidagi akademik litsey +998 71 241-72-44;

▪️Namangan viloyat akademik litseyi +998 69 233-07-20;

▪️Samarqand viloyat akademik litseyi +998 66 240-94-15.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры