Attestatsiya natijalaridan norozi boʻlgan barcha informatika fani oʻqituvchilari qayta test topshirishi mumkin - Ta’lim xabarlari
Attestatsiya natijalaridan norozi boʻlgan barcha informatika fani oʻqituvchilari qayta test topshirishi mumkin

Joriy yil 15-16-aprel kuni boʻlib oʻtgan attestatsiya test sinovlari vaqtida pedkadr.uzedu.uz platformasida nosozliklar yuzaga kelib, ishlamay qolganligi haqida xabar bergandik.

 

Shundan soʻng vazirlik rasmiylari faqat 16-aprel kuni test topshiriqlarini toʻliq bajarishga ulgurmagan pedagoglargina qayta attestatsiyadan oʻtkazilishini maʼlum qilgandi.

 

Yaʼni, 15-aprel kuni test sinovlari vaqtida nosozlik boʻlmaganligi uchun faqat 16-aprel kuni testda ishtirok etgan pedagoglargina qayta test topshirishi aytilgandi.

 

Bugun boʻlib oʻtgan jonli muloqotda esa vazirlik masʼul xodimi Sardor Raximboyev 15-aprel kuni attestatsiyada ishtirok etgan hamda natijadan norozi boʻlgan barcha informatika fani oʻqituvchilari qayta test topshirishi mumkinligini maʼlum qildi.

 

“Mazkur jarayonlarda qayta topshirgan oʻqituvchining avval qayd etgan natijalari bekor qilinadi”, – deydi vazirlik mutasaddisi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры