Rossiya maktablarida o‘quvchilar uchun haftasiga 6 kunlik o‘qishni qisqartirish taklif qilindi

Rossiya maktablarida o‘quvchilar uchun haftasiga 6 kunlik o‘qishni qisqartirish taklif qilindi

Rossiya maktablarida olti kunlik o‘quv haftasini va dam olish kunlari uy vazifasini taqiqlashni taklif qilindi. 

 

 

Siyosatchi Sergey Mironov rus maktablaridagi 6 kunlik o‘quv haftasiga qarshi chiqdi. Uning fikricha, shanba o‘quvchilar uchun dam olish kuni bo‘lishi kerak, shunda ular bu vaqtni oilasi davrasida o‘tkazishi mumkin.

 

‘‘Ikki kunlik dam olish bo‘lsin — shanba va yakshanba. Bolalar hordiq chiqarib, dushanba kuni yangidan kuch to‘plab o‘qishga boradi’’, — dedi u.

 

Shuningdek, u dam olish kunlari o‘quvchilarga uy vazifasi berilmasligi kerakligini bildirdi. Shu bilan birga, Sergey Mironov uy vazifasini butunlay bekor qilish mumkin emasligi, uni faqat ish kunlarida qoldirish zarurligi, chunki maktab dars vaqtida barcha bilimlarni to‘liq bera olmasligini ta’kidladi.