Young Economic Forum: Ispaniyada 16-45 yosh oralig’idagilar uchun xarajatlari toʻliq va qisman qoplanadigan forum

Young Economic Forum: Ispaniyada 16-45 yosh oralig’idagilar uchun xarajatlari toʻliq va qisman qoplanadigan forum

Xalqaro siyosiy iqtisodiyot markazi (The Centre for International Political Economy) tomonidan tashkil etilayotgan Young Economic Forum — global iqtisodiy tendensiyalarni o‘rganish, amaliy ko‘nikmalarni oshirish va yosh yetakchilar bilan professional tarmoqlarni kengaytirish uchun noyob imkoniyatdir.

 

 

Dastur 2025-yilning 9-11-noyabr kunlari, Ispaniyaning Madrid shahrida boʻlib oʻtadi. Dastur butun dunyodan boʻlgan olimlar, talabalar, yosh yetakchilar, iqtisodchilar va siyosatchilarni bir joyga jamlaydi.

 

 

Forum quyidagi 6 yo‘nalishda o‘tkaziladi:

 

 

Global iqtisodiy tendensiyalar va kelajakdagi muammolar;

 

Raqamli iqtisodiyot va innovatsiya;

 

Barqaror rivojlanish va «yashil» iqtisodiyot;

 

Iqtisodiy chidamlilik va inqirozlarni boshqarish;

 

Yoshlar iqtisodiy siyosat va taraqqiyotning boshqaruvchilari sifatida;

 

Shimol–Janub: hamkorlik va mintaqaviy iqtisodiy integratsiya.

 

Ishtirokchilar kategoriyalari:

 

To‘liq xarajatlar qoplanadigan ishtirokchilar:

 

Ro‘yxatdan o‘tish badali: $16,99

 

U quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

 

Forumga taklif xati;

 

Oziq-ovqat;

 

Yoʻl chiptasi va transport xarajatlari;

 

3 kunlik turar-joy;

 

Forum uchun kerakli buyumlar;

 

Loyiha hamkori;

 

Iqtisodchilar tomonidan tashriflar va mentorlik dasturlari;

 

Dasturda qatnashganlik uchun sertifikat;

 

Xalqaro siyosiy iqtisodiyot markazi (The Centre for International Political Economy)da amaliyot oʻtash imkoni;

 

10 haftalik virtual kurs granti;

 

Bitiruv nishoni;

 

 

Xarajatlari toʻliq qoplanadigan kategoriya uchun ushbu havola orqali ariza topshirish mumkin.

 

Qisman xarajatlar yoki o‘z hisobidan qatnashuvchilar:

 

Ro‘yxatdan o‘tish badali: $699

 

U quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

 

Forumga taklif xati;

 

Oziq-ovqat;

 

3 kunlik turar-joy;

 

Forum uchun kerakli buyumlar;

 

Loyiha hamkori;

 

Iqtisodchilar tomonidan tashriflar va mentorlik dasturlari;

 

Dasturda qatnashganlik uchun sertifikat;

 

Xalqaro siyosiy iqtisodiyot markazi (The Centre for International Political Economy)da amaliyot oʻtash imkoni;

 

10 haftalik virtual kurs granti;

 

Bitiruv nishoni;

 

Jeneva, Singapur&AQShda boʻladigan keyingi forum uchun qisman grant.

 

Xarajatlari qoplanmaydigan kategoriya uchun ushbu havola orqali ariza topshirish mumkin.

 

Tanlov shartlari:

 

Yoshlar va mutaxassislar: 16–45 yosh, iqtisodiy rivojlanish va siyosiy shakllanishga qiziquvchi nomzodlar

 

To‘liq xarajatlar qoplanadigan ishtirokchilar uchun:

 

Ariza sifati va taqdimoti

 

Ta’lim va ish tajribasi, shu yo‘nalishdagi ko‘nikmalar

 

Yoshlar bilan ishlashdagi faollik va yutuqlar

 

Ijodiy loyiha va muloqot ko‘nikmalari

 

Intervyu va ijtimoiy harakat rejasining samaradorligi

 

Ro‘yxatdan o‘tish:

 

Arizalar qabul qilish muddati: 24-sentyabr 2025 yilgacha

 

 

Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.

 

 

Diqqat: dastur uchun to‘langan badal qaytarilmaydi.

 

Ishtirokning afzalliklari:

 

– jahon iqtisodiyotining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarni egallash;

 

– yetakchi iqtisodchilar tomonidan mentorlik olish;

 

– xalqaro professional aloqalarni kengaytirish;

 

– butun dunyo yosh yetakchilari bilan tajriba almashish;

 

– forum ishtirokchilari virtual kurs, amaliyot va bitiruv nishonini oladilar.

 

 

Dastur talablari haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.

 

 

Dastur foydali jihatlari haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

 

 

Eslatma! Dastur uchun toʻlangan badal puli dastur maʼmuriyati tomonidan qaytarib berilmaydi.