​Milliy sertifikat abituriyent va o‘qituvchiga qanday imtiyoz beradi?

​Milliy sertifikat abituriyent va o‘qituvchiga qanday imtiyoz beradi?

2022-yil 11-maydagi Prezidentning ‘‘2022 — 2026-yillarda maktab ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida’’ gi PF-134-son farmoniga ko’ra, agar o’qituvchi milliy sertifikatiga ega bo’lsa, oylik maoshiga ma’lum miqdorda ustama qo’shib beriladi.

 

 

Nizomning 9-bandiga ko’ra, o‘zi dars beradigan fani bo‘yicha tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga har oylik qo‘shimcha ustama quyidagi tartibda to‘lanadi:

 

 

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga — ularning tarif stavkasiga nisbatan 20 foiz miqdorida (chet tili bo‘yicha sertifikatlar bundan mustasno).

 

 

2025-yil 1-yanvarga qadar — ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida;

 

2025-yil 1-yanvardan boshlab — ularning tarif stavkasiga nisbatan 20 foiz miqdorida to‘lanadi;

 

– har oylik qo‘shimcha ustama sertifikat amal qilish muddati davomida, lekin uch yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt mobaynida to‘lanadi;

 

– umumta’lim fanlari bo‘yicha bir nechta sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga har oylik qo‘shimcha ustama yuqoriroq ustama olish huquqini beruvchi sertifikat bo‘yicha to‘lanadi.

 

 

2020-yil 12-oktyabrdagi 646-son ‘‘Umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish tartibi to‘g‘risida’’ nizomga ko’ra, agar abituriyent yuqori natijani qo’lga kiritsa, tegishli  fanidan kirish imtihonlarida maksimal ball beriladi.

 

 

A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentlarga oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi.

 

 

B+, B, C+, C, darajali sertifikat olgan abituriyentlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

 

Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.

 

 

Ya’ni ona tili va adabiyot 1-blok fani bo’lsa 93 ball, 2-blok fani bo’lsa 63 ball. Shuningdek majburiy 10 talik testdan ham maksimal ball (11 ball) beriladi.

 

 

Agar 60% dan 85% gacha natijani qo’lga kiritsa, foizga nisbatan proporsional ball beriladi. Ya’ni 80 foizlik natijani qo’lga kiritsa, unga 93 ballning 80%i (74,4 ball) beriladi.

 

 

3) Agar ona tilidan majburiy fan sifatida (10 talik testga) tayyorlanayotgan abituriyent milliy sertifikat imtihonidan 60 foizdan yuqori natijani qo’lga kiritsa, unga majburiy ona tilidan maksimal ball (11 ball) beriladi. Ya’ni milliy sertifikat majburiy fan uchun ham o’tadi.