Yangi oʻquv yili uchun super kontakt narxlari hali tasdiqlanmagan

Yangi oʻquv yili uchun super kontakt narxlari hali tasdiqlanmagan

Ayrim telegram kanallarda oʻqishcha kira olmagan abituriyentlar tabaqalashtirilgan (super) kontakt asosida oʻqishga kirishi mumkin degan xabar bilan oʻtgan oʻquv yili uchun tasdiqlangan miqdorlar eʼlon qilinmoqda.

 

OTMlarga kirish imtihonlarida toʻplagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga yetmagan abituriyentlar uchun bazaviy toʻlov-kontrakt miqdori har yili taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi bayoni bilan belgilanadi. 2025-2026-o‘quv yili uchun super-kontrakt miqdorlari hali tasdiqlanmagan va e’lon qilinmagan.

 

Yaʼni ushbu miqdor joriy yilda oʻzgarishi mumkin. Yangi oʻquv yili uchun super kontakt narxlari tasdiqlansa saytimiz orqali xabar beriladi.

 

Eslatma! Quyidagi havola orqali o’tgan yilgi super-kontrakt narxlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin:

 

Super-kontrakt narxlari-2024 (yo‘nalishlar kesimida)