AYFN akademiyasi tomonidan tashkil etilgan ushbu dastur 17-40 yoshdagi yoshlar uchun Yaponiyaning madaniyati bilan tanishish va xalqaro do‘stlar orttirish imkonini beradi. Dastur ilk bor 2015-yilda boshlangan bo‘lib, 2025-yilgi mavsum 19–24-oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Ishtirokchilar 6 kun davomida Osakada yashab, Kioto va Nara kabi shaharlarni ham ziyorat qilishadi. Ular mashhur yapon taomlari — sushi, ramen, udon bilan tanishib, turli madaniy tadbirlarda qatnashadilar.
Dastur formatlari:
To‘liq grant asosida (Fully Funded): safar, turarjoy, oziq-ovqat, transport va boshqa xarajatlar qoplanadi.
O‘z hisobidan (Self Funded): qatnashchi faqat safar, viza va sug‘urta xarajatlarini o‘zi to‘laydi. Ichki xizmatlar (turarjoy, 2 mahal ovqat, transport) esa tashkilotchilar hisobidan.
Qatnashish talablari:
To‘liq grant uchun:
17–40 yoshda bo‘lish;
Har qanday millat vakili bo‘lishi mumkin;
Yetakchilik qobiliyati, sog‘lom jismoniy va ruhiy holat;
Sayohatga qiziqish.
O‘z hisobidan qatnashuvchilar uchun:
17–40 yoshdagi barcha millat vakillari;
Yangi sharoitga moslasha olish va sog‘lomlik;
Dastur xarajatlarini mustaqil qoplash imkoniyati.
Dasturning afzalliklari:
Osakada yashash;
Yaponiya madaniyatini bevosita o‘rganish;
Kioto shahrida madaniy yurishlar;
Mahalliy urf-odatlar bilan tanishish;
Dastur yakunida sertifikat beriladi.
Ariza topshirish:
Ariza topshirish ushbu havola orqali amalga oshiriladi.
Zarur hujjatlar:
Yevropa formatidagi rezyume (CV)
