AQShning Duke universitetidan bakalavr bosqichi uchun xarajatlari to‘liq qoplanadigan Karsh International Scholarship granti

AQShning Duke universitetidan bakalavr bosqichi uchun xarajatlari to‘liq qoplanadigan Karsh International Scholarship granti

AQShning nufuzli universitetlaridan biri bo‘lgan Duke universitetida bakalavriat bosqichini o‘qishni istagan barcha xalqaro talabalar uchun xarajatlari to‘liq qoplanadigan Karsh International Scholarship — 2026 granti taqdim etiladi. Ushbu dastur faqat munosib talabalarga moliyaviy yordam beradi, shuningdek, o‘quv to‘lovlari va boshqa tegishli xarajatlardan ozod qiladi.

 

Dasturdan asosiy maqsad malaka va moliyaviy ehtiyojdan kelib chiqqan holda qobiliyatli talabalarga moliyaviy to‘siqlarga duch kelmasdan ta’lim olishlarini ta’minlash hisoblanadi. Bundan tashqari, barcha stipendiya oluvchilar intellektual hamjamiyatning ajralmas a’zolari bo‘lishadi. Bu esa xalqaro talabalarning Duke universiteti muhitidagi ahamiyatini oshiradi va global miqyosdagi tadbirlarda ishtirok etishiga yordam beradi. O‘qishni tugatgandan so‘ng, qatnashchilar universitet bitiruvchilarining keng tarmog‘iga qo‘shilishadi. Ushbu tarmoq o‘z a’zolarini doimiy qo‘llab-quvvatlaydi va karyerasida muvaffaqiyatga erishishini ta’minlaydi.

 

Ma’lumot uchun: Xalqaro olimlarning Duke universitetiga qo‘shgan beqiyos hissasi sharafiga Karsh International Scholarship dasturi 2010-yilda Marta va Brus Karshning xayriyasi tufayli tashkil etilgan. Dastur fanlararo tadqiqot, akademik tadqiqotlarga yordam va stipendiyalar berish orqali ta’lim sohasida muvaffaqiyat qozonishga intilayotgan xalqaro talabalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dastur hisoblanadi.

Eslatma! Grantga alohida hujjat topshirish shart emas. Duke universitetiga topshirganlar avtomatik tarzda grant uchun ham ko‘rib chiqiladi!

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali ma’lumot olish mumkin.

 

Maqbullik shartlari

Nomzodlar AQSh fuqaroligi yoki AQSh va boshqa davlat ishtirokidagi ikki fuqaroligi bo‘lmagan xalqaro talabalar bo‘lishi kerak;

Ingliz tilini dasturda qatnashish darajasida bilish lozim;

Nomzodlar avval bakalavr darajasini olmagan bo‘lish kerak;

Yuqori akademik salohiyat va yetakchilik qobiliyatiga ega bo‘lish talab qilinadi;

Nomzodlar moliyaviy jihatdan yordamga muhtoj bo‘lishi lozim.

 

Foydali tomonlari

O‘quv to‘lovlari va boshqa majburiy to‘lovlardan ozod qilinadi;

Turarjoy xarajatlari qoplanadi;

Xalqaro miqyosdagi muhitda tajriba almashish imkoni;

Yozgi tadqiqot ishlari moliyalashtiriladi;

Turli millat vakillaridan iborat olimlar bilan aloqa o‘rnatish mumkin;

Soha bo‘yicha turli tadbir va klublar tashkil qilinadi.

 

Hujjat topshirish

Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali ariza topshirishi mumkin.