Endilikda milliy sertifikatga ega pedagoglar majburiy attestatsiyaning birinchi bosqichidan ozod etiladi

Endilikda milliy sertifikatga ega pedagoglar majburiy attestatsiyaning birinchi bosqichidan ozod etiladi

Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazish, kasbiy sertifikatlash va ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” qarori qabul qilindi.

 

 

Qarorga ko’ra, endilikda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan beriladigan umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisida sertifikatga ega boʻlgan pedagoglarga navbatdagi majburiy attestatsiyaning birinchi bosqichi (mutaxassislik fani va kasb standarti) boʻyicha malaka sinovidan ozod qilinadi.

 

 

Eslatma! Toifa olish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish yakunlanishiga 3 kun qoldi ( murojaat yuborish 1-martga qadar davom etadi).

 

 

Murojaatlarni:

 

– Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining veb-saytidagi pedagog.uzedu.uz (pedkadr.uzedu.uz) – platformasi orqali (ONE ID-tizimi orqali shaxsiy kabinetga kiriladi va tegishli maʼlumotlar kiritiladi:

 

– Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali;

 

– davlat xizmatlari markazlari orqali yuborish mumkin.

 

 

Muhim! Attestatsiya imtihoniga quyidagi telegram botda namunaviy testlarni yechish orqali tayyorlanishingiz mumkin:

 

 @uztditestbot