Sirdaryodagi maktabda oʻquvchining onasi oʻqituvchiga qoʻl koʻtargani aytilmoqda

Sirdaryodagi maktabda oʻquvchining onasi oʻqituvchiga qoʻl koʻtargani aytilmoqda

Oʻquvchilardan birining onasi norozi holatda oʻqituvchiga qoʻl koʻtargani tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Maʼlumotlarga koʻra, ushbu voqea Sirdaryo tumanidagi 1-maktabda sodir boʻlgan.

 

Holat yuzasidan Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi quyidagicha munosabat bildirdi:

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Sardoba tumanidagi 1-sonli DMTT sodir boʻlgan holat boʻyicha maʼlumot tarqaldi.

 

Holat Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi va soha masʼullari nazoratiga olingan. Oʻrganishlar yakuni yuzasidan batafsil axborot beriladi – deyilgan rasmiy munosabatda.