Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomda bu haqida toʻxtalib oʻtilgan.
Unga koʻra:
➖ ilgari attestatsiyadan oʻtmagan holda ishga yangi qabul qilingan fan nomzodi, falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga hamda Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan berilgan katta ilmiy xodim, dotsent va professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan pedagog kadrlarga oliy malaka toifasi beriladi.
Buning uchun pedagoglar toʻgʻridan-toʻgʻri, attestatsiyadan oʻtkazilmasdan malaka toifasi sertifikatini olish uchun bevosita pedagog.uzedu.uz, my.gov.uz yoki davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat qilishi lozim.
Ushbu davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Mazkur murojaat oʻrnatilgan tartibda (20 kun muddatda) koʻrib chiqiladi va ijobiy qaror qabul qilinganda, murojaatchiga QR-kod qoʻyilgan elektron shakldagi sertifikat beriladi.