13 yoshli maktab oʻquvchisi aerozol ballonni yoqib yubordi va kuyish jarohatlaridan halok boʻldi.
Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining Telegram-kanalida xabar qilinishicha, Rostov viloyatida oʻsmir yongʻin bilan oʻynash natijasida kuyish jarohatlari olib, hayotdan koʻz yumgan.
Ma’lum bo’lishicha, 13 yoshli bola aerozol ballonni yoqib yuborgan va olov uning ust-boshiga oʻtib ketgan. Oʻsmir darhol shifoxonaga yetkazilgan, ammo uni qutqarib qolishning imkoni boʻlmagan.
Bunga qadar, 19-yanvar kuni Orenburg viloyatining Mednogorsk shahrida ham shunga oʻxshash baxtsiz hodisa yuz bergan. 17 yoshli yigit poyezd vagoni ustida suratga tushmoqchi boʻlgan. Doʻstlari bilan vagonning tomiga chiqqanida, tasodifan yuqori kuchlanishdagi elektr simga tegib ketgan. Natijada yigitga tok urib, u yonib ketgan.
Guvohlar yigitga qorga sakrashni maslahat bergan. U shunday qilgan va bu olovni oʻchirishga yordam bergan. Hodisa oqibatida yigit jiddiy jarohatlar olgan.