Qashqadaryoda maktab direktori o‘quvchilarga majburiy forma qildirish, ota onalardan 70 ming so‘mdan olish kerakligini talab qilganligi haqida video tarqaldi.
“Hurmatli sinf rahbarlar, viji-viji gap kerakmas. Qanday qilib pul yig‘ish sizning mahoratingizga, fantaziyangizga bog‘liq. Agar birortasi o’sha men aytgan formada bo’lmasa, darvozadan chiqarib yuboraman. Menga formasiz o’quvchi kerak emas”,- deydi direktor.