Ertaga ona tili (oʻzbek, qoraqalpoq, rus) va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlar roʻyxatga olishning oxirgi kuni

 

Joriy yilning 2-dekabr kuni boshlangan ona tili va adabiyot, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish jarayonlari 8-dekabr kuni yakunlanadi.

 

 

To‘lovlar esa 9-dekabrgacha amalga oshirilishi mumkin.

 

 

Ushbu fanlar bo‘yicha test sinovlari 21-22-dekabr kunlari o‘tkaziladi.

 

 

Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali amalga oshiriladi.

 

 

 

Izoh: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga muvofiq 2024-yil fevraldan boshlab umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarining natijalari Rash modeli asosida  hisoblanadi.

 

 

 

Eslatib o‘tamiz, 2025-yil 1-yanvardan boshlab umumta’lim maktablarida milliy sertifikatga ega bo‘lgan o‘zbek tili o‘qituvchilariga maoshining 50 foizi miqdorida oylik ustama haq to‘lanadi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры