AQSH ning Karolina universitetida ilmiy tadqiqot boshlagan Madyson Barber, keyinchalik ulkan topilma egasiga aylanadi. Joriy yilning boshida Barber kashf etilgan eng yosh tranzit sayyorani aniqladi.
TIDYE-1b deb nomlangan sayyora hajm jihatidan Yupiterga teng ekanligi va yoshi taxminan 3 million yil bo’lib chiqishi taxmin qilinmoqda. Bu yoshni tasavvur qilish uchun: Agar Yer 50 yoshli odam bo’lganida, TIDYE-1b 2 haftalik chaqaloq bo’lar edi.
Madyson sayyorani UNC-Chapel Hill dotsenti Endryu Mann rahbarligida topdi. U Phillips Halldagi Yosh dunyolar laboratoriyasida to’qqiz nafar talabalar guruhini boshqaradi. 20-noyabr kuni Nature xalqaro ilmiy jurnalining “A Giant Planet Transiting a 3Myr Protostar With a Nodesigned Disk” nomli maqolasi bosib chiqarildi va unda yosh astranomning quyidagi fikrlari yozib o’tilgan:
“Men ma’lum vaqtdan beri yangi sayyoralarni qidiryapman va biz hech narsa topa olmaslik haqida o’ylay boshlagan edik. Bu bizning quvurimizdan chiqqan birinchi sayyoralardan biri edi. Bu menga hali ham juda g’alati tuyuladi. Biz tranzitlarni qidirayotganimizda, bir yulduzning ma’lum vaqtdagi yorqinligiga qaraymiz. Sayyora yulduz oldiga kelganida, biz bu yorqinlikning biroz pasayganini ko’ramiz, chunki u yulduzning bir qismini to’sib qo’yadi. Shunday qilib, biz yorug’lik egri chizig’idagi takroriy pasayishlarni qidiramiz.” deydi Barber
Astronomlar 10-40 million yillik diapazonda o’nlab tranzit sayyoralarni topishgan, ammo Barber kashfiyotidan oldin yoshroq sayyoralarni topish qiyin edi. Yosh sayyoralarni topish qiyin bo’lishining asosiy sababi hayotning dastlabki 5-10 million yilida yulduzlar atrofida shakllanadigan qalin, ko’rishni to’sib qo’yuvchi protoplanetar disklar bilan bog’liq.
Biroq, TIDYE-1b orbitasida aylanayotgan yulduzning diski noto’g’ri bo’lib, sayyorani ko’rinadigan qilib qo’ygan. Ushbu noto’g’ri hizalanishning kelib chiqishi hali ham sir bo’lib qolmoqda va astronomlar bundan hayratda qolishmoqda.
Qidiruv ishlariga rahbarlik qilgan dotsent Endryu Mann voqelikdan keyin, quyidagi fikrlarni bildirib o’tgan:
“Sayyoralar disklarda hosil bo’ladi. Siz esa yulduz, sayyora va diskning hammasi bir qatorda bo’lishini kutayotgan bo’lasiz, Ushbu tizimning g’alati tomoni shundaki, sayyora yulduzga mos keladigan yo’nalishga ega, ammo disk uzoqda.
Har bir astronom faqat kirish fizikasidan kelib chiqib, burchak momentumi haqida o‘ylaydi va ular bunday bo‘lmasligi kerakligini bilishadi”. – deydi dotsent Mann
Albatta bu so’ngi kashfiyot bo’lib qolmaydi. Ayni kunlarda olima qiz Gavayidagi WM Keck rasadxonasiga rejalashtirilgan kuzatuvlarda yetakchilik qilmoqda.
“Bu natija biz ushbu yosh tizimlarni topishimiz mumkinligini isbotlaydi. Biz endi ko’proq ishlashimiz kerakligini tushundik. Agar ushbu yosh tizimlarning populyatsiyasini yarata olsak, bundan ham ko’proq yangiliklar yaratishimiz mumkin”. -deydi Madyson Barber, Nature.com jurnalidagi intervyusida.
TIDYE-1b kabi yosh sayyoralarni o’rganish sayyoralarning qanday shakllanishi va rivojlanishini tushunish uchun juda muhimdir.