“Imtihondan oldin esse mavzusini ehtimoliy deb aytish uchun inson AVLIYO boʻlishi kerak-ku”. “X variant” yana avj oldimi?

Xabaringiz bor, joriy yilning 2-3-noyabr kunlari oʻzbek tili va adabiyoti fanidan Milliy sertifikat olish test sinovlari oʻtkazildi.

 

 

 

Lekin ijtimoiy tarmoqlarda 28-30-oktyabr kunlarida “X variant” nusxalar tarqalgani odamlar orasida norozichilikni yuzaga keltirgan.

 

 

 

Tahririyatimizga kelgan murojaatlarga koʻra, turli xil kanallar orqali “X variant” biznesi avj olganini bildirishgan.

 

“Test savollari xammaga joyda chikib ketgan. Men farzandimni imtixondan chiqishini kutib oʻtirganimda oldimdagi ota-onalar Davron Akbarning kitobidan tushayotgan ekan deb aytib kolishdi. Farzandim imtixondan chiqqach, xuddi shu kitobdan aynan shu savollar tushdi deb tasdikladi. Baʼzi ota-onalar test savollarining xar birini 20mingdan sotib olishganini aytishdi. Onlayn tayyorlangan oʻkuvchilar esa ustozimiz aytgan savollari tushdi deb xursand chiqishdi”, — dedi murojaatchi.

 

 

 

 

 

“Mana yana bir asos. Essega tushishi mumkin boʻlgan minglab mavzular boʻlgan paytda imtihondan 2 kun oldin aynan shu mavzuni ehtimoliy deb olishdi. Va aynan shu esse mavzusi imtihonda tushdi. Buni imtihondan oldin ehtimoliy deb aytish uchun inson AVLIYO boʻlishi kerak-ku”.

 

 

“Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligidan Milliy sertifikat imtihonlarini qayta oʻtkazishlarini soʻrab qolamiz”, — dedi murojaatchi.

 

 

 

 

 

“Men farzandimni imtihondan keyin qanchalik siqilib, yigʻlashini koʻrib chiday olmaganim uchun yozdim. Sababi men 19 yoshidagi farzandimni yoʻqotib buzlab yigʻlab qolgan bir onaman. Farzand dogʻini xech bir inson koʻrmasin. Menga farzandimni sogʻligʻi 1-oʻrinda. Aslida meni xech kimga gʻaraz niyatim yuk. Ammo pul topaman deb oʻz manfaati yoʻlida xech narsadan tap tortmaydigan insonlardan xafa boʻlaman. Milliy sertifikat olish uchun kechani uxlamay bedor oʻtkazib, dars tayyorlayotgan yoshlarga rahmim keladi. Prezidentimiz yoshlarni qoʻllab-quvvatlab turgan bir paytlarida noinsoflarning bu ishi tugʻri emas. Ularning ham farzandlari huddi bizni farzandlarimiz kabi qiynalmaydimikan?????”,— dedi ishtirokchilardan birining onasi.

 

 

Bu boʻyicha Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot kotibi Nazokat Abdukunduzova bilan bogʻlandik. Holat vazirlik tomonidan oʻrganish ishlari olib borilayotganini va natijasi boʻyicha xabar berilishini maʼlum qildi.

 

 

Taʼlim xabarlari sayti Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi izohi uchun ochiq.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры