Litsenziyasi bekor qilinganligi haqida rasmiy bayonot berilgan “Digital university” sud qarori ustidan apellyatsiya shikoyati kiritgani aytilmoqda.
Avvalroq, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining xabariga ko’ra, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2024-yil 10-oktyabrdagi hal qiluv qarori bilan litsenziya talab va shartlariga amal qilmaganligi uchun “Digital university” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga 2022-yil 13-sentyabr kuni nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati uchun berilgan 038673-sonli litsenziyasi bekor qilingan.
Ma’lumot uchun, sud majlisi 13-noyabr sanasida ko’rib chiqilishi belgilangan.