Pedagoglar uchun attestatsiya to‘lovlari muddati uzaytirildi

Pedagoglar uchun attestatsiya to‘lovlari muddati uzaytirildi

2024-yilning ikkinchi yarmida o‘tkaziladigan pedagogik kadrlar attestatsiyasi uchun to‘lovlarni amalga oshirish muddati 10-oktabrgacha uzaytirildi.⁠⁠‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Eslatib o‘tamiz, attestatsiyada ishtirok etish uchun arizalar 1-avgustdan 1-oktabrgacha qabul qilindi.⁠⁠‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Biroq, ba’zi o‘qituvchilar tomonidan to‘lov qilishda kechikish holatlari kuzatilgan va bu bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga murojaat qilingan.⁠⁠‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Pedagoglar uchun qulaylik yaratish maqsadida, o‘z ixtiyori bilan navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish uchun to‘lov qilish muddatining 10-oktabrgacha uzaytirilgani ma’lum qilinadi.⁠⁠‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ O‘qituvchilar ushbu muddat ichida to‘lovlarni amalga oshirishlari lozim.⁠⁠‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠