Pedagog kadrlarga attestatsiyadan o‘tish imtihonida qancha vaqt beriladi? - Ta’lim xabarlari
Pedagog kadrlarga attestatsiyadan o‘tish imtihonida qancha vaqt beriladi?

Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun attestatsiya ikki bosqichdan iborat.

 

Birinchi bosqichida – pedagogning mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash maqsadida 40 (35 ta mutaxassislik fandan+5 ta pedagogning kasbiy standartlaridan) ta test topshirigʻi beriladi.

 

Har bir toʻgʻri bajarilgan test topshirigʻi 2 ball bilan baholanib, test sinovlari uchun jami 80 ball beriladi.

 

Ikkinchi bosqichda – pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilgʻor pedagogik uslub va texnologiyalarni (“case study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda oʻqitish, “amaliy oʻyin”, interfaol taʼlim uslubi va boshqalar) qoʻllash boʻyicha 10 ta topshiriq beriladi. Har bir toʻgʻri berilgan javob 2 ball bilan baholanib, jami 20 ball beriladi.

 

Eslatma! Har ikkala bosqich ham bir vaqtda kompyuter dasturlari orqali amalga oshiriladi

 

Muhim! Matematika, Informatika va axborot texnologiyalari, Fizika, Kimyo, Biologiya fanlariga 120 daqiqa, qolgan fan (lavozim)larga 90 daqiqa vaqt ajratish rejalashtirilmoqda.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры