Qancha o‘zbekistonlik talabalar xorijda tahsil olmoqda

Xorijiy mamlakatlarda tahsil olayotgan oʻzbekistonlik talabalar soni maʼlum boʻldi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

 

YUNESKO statistika instituti maʼlumotlariga koʻra, xorijda tahsil olayotgan oʻzbekistonlik talabalar soni 150,5 ming nafarni tashkil etgan. Ushbu maʼlumot 2023-yilning 1-yanvar holatiga koʻra tuzilgan.

 

Qayd etish kerakki, xorijiy davlatlarda tahsil olayotgan yurtdoshlarimiz soni bir yil ichida qariyb 24 ming nafarga oshgan.

 

Statistika agentligi xabariga koʻra, oʻzbekistonliklar eng koʻp Qozogʻiston davlatida oʻqishmoqda. Ushbu son taxminan 78,3 ming nafarni tashkil etgan.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры