Qonunchilikka koʻra, oʻqituvchilarda quyidagicha imtiyoz va qulayliklar belgilangan:
– 1-oktyabr “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” etib belgilangan hamda ushbu kun bayram (dam olish) kuni hisoblanadi.
– bolalarga taʼlim-tarbiya beradigan barcha pedagog xodimlar doimiy ravishda bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.
– pedagoglar uchun 56 kunlik yillik haq toʻlanadigan uzaytirilgan taʼtillar beriladi.
– pedagoglar xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga koʻpi bilan 36 soat qilib belgilanadi.
– maktab oʻqituvchilariga faoliyatni baholash mezonlari asosida 10 foizdan 40 foizgacha, kutubxonachi va psixologlarga 10 foizdan 20 foizgacha ustama belgilanadi.
– fan olimpiadasi gʻolibini tayyorlagan oʻqituvchilar ragʻbatlantiriladi.
– oʻqituvchilar kasal boʻlib qolganida moddiy yordam beriladi.
– olimpiada gʻolibi boʻlgan oʻqituvchilarga 150 foizgacha ustama beriladi.
– oʻzi dars beradigan fani boʻyicha xalqaro tan olingan va milliy sertifikatga ega boʻlgan oʻqituvchilarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qoʻshimcha ustama toʻlanadi.
– “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovi gʻolibi boʻlgan maktabga yarim milliard soʻm beriladi.
– inklyuziv sinf oʻqituvchilariga 40 foizgacha ustama beriladi.
– olis hududlarda dars berayotgan oʻqituvchilarga 50 foizgacha ustama beriladi.
– matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlari boʻyicha xalqaro va respublika olimpiadalari gʻoliblarini tayyorlagan professor-oʻqituvchilarga pul mukofoti beriladi.
– koʻp yillik stajga ega pedagoglar majburiy attestatsiyaga jalb qilinmaydi.
– xalqaro fan olimpiadalarini tayyorlagan oʻqituvchilarga malaka toifasi attestatsiyasiz beriladi.
– Respublika fan olimpiadasi gʻoliblarini tayyorlagan oʻqituvchilar malaka toifasi bir pogʻona oshiriladi.
– tibbiyot sohasi professor-oʻqituvchilariga davolash-tashxis ishlarini bajarganliklari uchun qoʻshimcha haq toʻlanadi.
– taʼlim muassasalarining chet tillar fanlari oʻqituvchilariga oylik ustamalar beriladi.
– oʻqituvchilarning faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlik bor.