Italiyada oʻqituvchiga hujum qilgan oʻquvchilar 10 ming yevrogacha jarimaga tortiladi

Italiyada oʻqituvchiga hujum qilgan oʻquvchilar 10 ming yevrogacha jarimaga tortiladi

Chorshanba kuni Italiya parlamenti ta’lim to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Unga ko‘ra, boshqa chora-tadbirlar qatorida, xulq-atvor baholari ham qaytariladi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu amaliyot 1924-yili Mussolini hukumati tomonidan joriy etilgan va 2000-yillarda bekor qilingan edi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Xulq-atvor 10 ballik tizimda baholanadi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Besh va undan kam ball olgan o‘quvchilar qaytadan o‘qishlari kerak bo‘ladi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Xulq-atvor bahosi bitiruv imtihoni natijalariga ham ta’sir qiladi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bundan tashqari, maktab xodimlariga nisbatan zo‘ravonlik uchun 500 dan 10 ming yevrogacha jarima joriy etildi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ The Guardian nashrining yozishicha, bu chora o‘quvchilar va ularning ota-onalari tomonidan maktab xodimlariga hujum qilish holatlarining ko‘payishiga javoban kiritilgan.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ 2024-yilda bu kabi hodisalar soni 2023-yilga nisbatan ikki barobar oshgani aniqlangan.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

O‘quvchilar, asosan, sinfda mobil telefonlardan foydalangani sabab o‘qituvchilar bilan ziddiyatga borishgan.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠