Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023 yil 31 avgustdagi 282-son buyrug‘ining Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari 15-bandiga asosan o‘quvchilarga o‘zaro munosabatlarda inson shaxsiyatini va qadr-qimmatini kamsitish (diskriminatsiya), haqorat qilish va behayo so‘zlarni ishlatishi, turli xil (jismoniy, ruhiy va boshqa) zo‘ravonlikni ko‘rsatishi taqiqlanadi.
Bunday holatda ota-onaga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 47-moddasi ikkinchi qismi bilan javobgarlik chorasi qo‘llaniladi.
Bundan tashqari, xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.