Umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlarni verifikatsiyadan o‘tkazish tartibi tasdiqlandi

Umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlarni verifikatsiyadan o‘tkazish tartibi tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2022-2026-yillarda maktab ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash» farmoni doirasida maktab ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan pedagoglar uchun ustama belgilashda milliy va xalqaro sertifikatlarning haqiqiyligini tasdiqlash tartibi belgilandi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

2024-yil 11-sentyabrda qabul qilingan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 301-sonli buyrug‘iga binoan, umumiy o‘rta ta’lim tizimidagi pedagoglar milliy va xalqaro sertifikatlar asosida ustamalarga ega bo‘lishlari mumkin.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Shu bilan birga, bu sertifikatlarning haqiqiyligini aniqlash va tasdiqlash uchun maxsus ishchi guruhlar tashkil etildi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Mazkur buyruqqa muvofiq, xalqaro va milliy sertifikatlarning haqiqiyligini avtomatik ravishda tekshirish tizimi joriy etilishi ko‘zda tutilgan.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Verifikatsiyani tashkil etish va o‘tkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Talabgor o‘zi ishlayotgan maktabdagi mas’ul xodimga ERP tizimiga kiritishi uchun sertifikat aslini va ushbu sertifikat nusxasini taqdim etadi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Maktab direktori yoki o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari tomonidan ushbu sertifikat nusxasini bir ish kuni ichida ERP tizimiga yuklaydi va haqiqiyligini tekshirish uchun hududiy boshqarma mas’uliga yuboradi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Hududiy boshqarmalardagi mas’ul xodimlar: kiritilgan hujjatlarni belgilangan talablarga mosligini o‘rganadi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Belgilangan talablarga mos bo‘lmagan sertifikatlarni tahrirlab maktab direktori yoki o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosariga qaytarib yuboradi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Kiritilgan ma’lumotlar sertifikat nusxasiga mos va haqiqiyligi tasdiqlangandan so‘ng verifikatsiyani tasdiqlaydi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Maktab direktori yoki oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari tomonidan maʼlumotlar notoʻgʻri kiritilganligi hududiy masʼul xodimlar tomonidan aniqlanganda, yuborilgan maʼlumotlar tahrirlash uchun qaytariladi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Hududiy masʼul xodim tomonidan sertifikat tahrirlanib qaytarilganda, maktab direktori yoki oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari aniqlangan kamchilik va noaniqliklarni 3 kun muddatda toʻgʻrilab qayta hududiy masʼulga yuboradi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Umumtaʼlim fanlari boʻyicha qoʻshma qarorda belgilangan minimal talablar toʻliq bajarilganda va masʼul ijrochi tomonidan ERP tizimida haqqoniyligi tasdiqlanganda sertifikat haqiqiy hisoblanadi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Agar sertifikatni haqiqiyligini verifikatsiya orqali aniqlashning imkoni boʻlmasa, masʼul xodimlar sertifikatni haqiqiyligini tasdiqlash uchun masʼul vakolatli tashkilotga soʻrov yuboradi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Yuborilgan soʻrovga 30 kun ichida javob kelmasa sertifikat haqiqiy emas deb hisoblanadi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Masʼul vakolatli tashkilot tomonidan 30 kunlik muddatdan soʻng sertifikatning haqiqiyligi toʻgʻrisida kechikib javob olingan taqdirda hududiy boshqarmalarning masʼul xodimi tomonidan ariza beruvchi qayta ariza berishi mumkinligi toʻgʻrisida ogohlantiriladi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Maktab direktori yoki oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari har bir talabgor uchun bir nafardan ortiq sertifikat kiritilmasligini nazorat qiladi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Bunda: sertifikatning ustama uchun amal qilish muddati tugashidan uch oy oldin talabgorni ogohlantiradi;⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Talabgorlar ikki yoki undan ortiq umumtaʼlim fanlari boʻyicha sertifikatga ega boʻlgan hollarda yuqoriroq ustama toʻlash huquqini beruvchi sertifikat yuklanishi lozimligini nazorat qiladi;⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Sertifikatni asl nusxasi mavjud emasligi aniqlangan hollarda, sertifikatni ERP tizimiga kiritilmasligini nazorat qiladi (sertifikatni asl nusxasi yuborilmaydigan sertifikat boʻlgan hollar bundan mustasno).⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Sertifikatlar maktab direktori yoki o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari tomonidan ERP tizimiga yuklangandan keyin 15 kun mobaynida buyruq bilan tasdiqlangan mas’ul hududiy xodimlar tomonidan verifikatsiyadan o‘tkaziladi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠