Talabani ishga qabul qilmaslik mumkinmi?

Talabani ishga qabul qilmaslik mumkinmi?

O‘zbekiston Respublikasining Mehnat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga ko‘ra, talabani ishga qabul qilishni g‘ayriqonuniy ravishda rad etish taqiqlanadi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

MKning 119-moddasiga binoan, ish beruvchilar ishga qabul qilishni asossiz ravishda rad etishlari mumkin emas.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik kodeksining 49-moddasida ishga qabul qilmaslik yoki mehnat qonunchiligini buzgan mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 5-10 baravari miqdorida jarima solinishi belgilangan.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Agar ishga qabul qilish rad etilgan bo‘lsa, murojaatchining talabiga binoan ish beruvchi uch kun ichida rad etish sabablarini yozma ravishda asoslab berishi kerak.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Bu javob ishga qabul qilishga mas’ul shaxs tomonidan imzolangan bo‘lishi shart.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Mehnat kodeksining 120-moddasiga muvofiq, agar ishga qabul qilmaslik qonunga zid deb hisoblasangiz, belgilangan tartibda shikoyat qilish va yetkazilgan moddiy va ma’naviy zarar uchun sudga murojaat qilish huquqingiz bor.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Bu holatda, ishga qabul qilmaslikning qonuniyligini isbotlash ish beruvchining zimmasiga yuklanadi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠