Kimlar sinf rahbarligiga tayinlanadi?

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yil 27-iyundagi 190-sonli buyrugʻiga koʻra sinf rahbarlari oʻqituvchilar orasidan taʼlim muassasasi direktori tomonidan tayinlanadi va ozod etiladi.

 

Sinf rahbari quyidagi mezonlarga asosan tanlab olinadi:

— kamida 3-yillik pedagogik ish stajiga ega boʻlgan;

— maktabda asosiy ishchi sifatida faoliyat olib borayotgan (umumtaʼlim muassasalarida mehnatini soatbay (shu jumladan oʻrindoshlik) asosda faoliyat olib boruvchi oʻqituvchilarning sinfga rahbarlik qilishiga yoʻl qoʻyilmaydi);

— boshqaruvchanlik qobiliyatiga ega boʻlgan;

— oʻquvchilar bilan ishlash jarayonida masʼuliyat bilan yondasha oladigan.

 

Boshlangʻich sinflarda sinf rahbarligi boshlangʻich sinfga biriktirilgan oʻqituvchilarga yuklatiladi. Boshlangʻich sinfga tayinlangan sinf rahbari 1-sinfdan boshlab 4- sinfgacha oʻquvchilarga yagona rahbar hisoblanadi. Shu tartib 5- sinfdan 11-sinfga qadar ham qoʻllaniladi.

 

Bir oʻqituvchiga faqatgina bitta sinf rahbarligi topshiriladi. Direktor oʻrinbosarlari, psixologlar va boshqa sinf rahbari boʻlishi mumkin emas.

Sinf rahbarlari faoliyatini maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры