Ma’lumki, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 30-avgustdagi 288-sonli buyrug‘i bilan umumta’lim muassasalaridagi psixolog, kutubxonachi hamda laborant lavozimlari qisqartirilmoqda.
Lekin ko‘pchilik qisqarishga tushayotgan xodimlar uchun mehnat qonunchiligida qanday imtiyoz va kafolatlar borligi haqida to‘liq ma’lumotga ega emas.
Ayrim toifadagi xodimlarning lavozimi qisqargan bo‘lsa ham, ularni ishdan bo‘shatib bo‘lmaydi.
Homilador, 3 yoshga to‘lmagan farzandi bor ayollar bilan mehnat shartnomasini ish beruvchi tashabbusiga ko‘ra bekor qilish taqiqlanadi. (Korxona tugatilganligi bundan mustasno)
Umumta’lim muassasalaridagi shtatlar qisqarishi tugatilmayapti, holatida tashkilot faqatgina shtatlar qisqarmoqda.
Demak, bu toifadagi ayol xodimlar bilan Mehnat kodeksining 161-moddasining 2- qism, 2-bandiga ko‘ra shtatlar qisqarishi munosabati bilan mehnat shartnomasini bekor qilish taqiqlanadi.
Shuningdek, Mehnat kodeksining 408- moddasida mehnat shartnomasini bekor qilish chog‘ida homilador ayollar uchun kafolatlar, 409-moddada esa uch yoshgacha bo‘lgan bolasi bor xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilishdagi kafolatlar belgilangan.
Bundan tashqari Mehnat kodeksining 163-moddasida ham homilador ayollar va uch yoshgacha bolasi bo‘lgan xodimlar uchun kafolatlar berishni nazarda tutadigan talablarga rioya qilmasdan ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilish taqiqlangan.
Oliy sudning 2023-yil 20-noyabrdagi 26- sonli plenum qarorining 22-bandida ish beruvchi tashabbusiga ko‘ra mehnat shartnomasini bekor qilishning qonuniyligiga oid nizolarni hal qilishda sudlar mehnat shartnomasini bekor qilishda MKning 163-moddasida belgilangan taqiqlarni inobatga olishi alohida qayd etilgan.
Homilador yoki uch yoshgacha bolasi bo‘lgan xodimlar bilan ish beruvchi o‘zboshimchalik bilan ishdan bo‘shatib yuborgan taqdirda ham, agar xodimlar ish beruvchini sudga bersa, ular ishga qayta tiklanadi.
Bu vaziyatda xodim bola parvarishlash ta’tilida yoki ishda bo‘lish-bo‘lmasligi mutlaqo ahamiyatsiz. Ya’ni, bu toifadagi xodimlar bilan mehnat shartnomasi bekor qilinmaydi.